"Andijon" futbolchisi faoliyatini "Paxtakor" yoki "Navbahor" jamoasida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Joriy mavsum "Andijon" jamoasida to'p surgan chap qanot himoyachisi Farhod Mirahmatov faoliyatini katta ehtimol bilan Toshkentning "Paxtakor" jamoasida davom ettiradi.
"Andijon" klubidagi manbalarimizning etkazgan ma'lumotiga qaraganda, Mirahmatovga "Paxtakor" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aslida toshkentlik bo'lgan Mirahmatov ham faoliyatini "sherlar" tarkibida o'tkazishga qarshi emas.
Shuningdek, Mirahmatovga Namanganning "Navbahor" jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" klubining sobiq futbolchilari oldidagi qarzi borligi sababli, FIFA "Andijon"ga yangi mavsumda transferni amalga oshirishga ta'qiq qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273