Messi Pelening tabrigiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi futbol afsonasi Pelega tabrik uchun minnatdorchilik bildirdi. Avvalroq Pele bir jamoa safidagi o'yinlar soni bo'yicha o'z rekordini takrorlagani uchun argentinalik futbolchini tabriklagan edi.
«Hurmatli Pele, iliq tabrik yo'llaganingiz uchun sizdan minnatdorman. Tabrik qabul qilish yoqimli bo'ldi. Buyuk futbolchining so'zlari men uchun qadrli. Sizni quchib qolaman», – deya yozdi Messi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228