APL. «Tottenxem» «Lester»ga yutqazib, 4-o'ringa tushib ketdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

Angliya chempionatining 14-turi doirasida «Tottenxem» o'z maydonida «Lester»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat 41-daqiqada yuzaga keldi. Burchakdan etkazilgan uzatmaga Keyn 5-6 metrlardan zarba berdi. To'p esa shundoqqinga to'sin ustidan o'tib ketdi. Taymga qo'shib berilgan daqiqalarda esa hakam VAR yordamida "Tottenxem" darvozasi tomon penalti belgiladi. Jeymi Vardi undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'lim boshida Jeyms Meddison "Lester"ning ikkinchi golini urgandi, ammo VAR ofsaydni qayd etdi va golni bekor qildi. Bahsning 60-daqiqasida esa "tulkilar" baribir ikkinchi golni urishdi. Olis masofadan etkazilgan to'pga Vardi bosh bilan zarba berdi. To'p esa Tobi Alderveyreldning boshiga tegib, to'rga borib tushdi.
O'yinning 72-daqiqasida Son Xyong Min hisobni qisqartirishi mumkin edi. Ammo yaqin masofadan yo'llangan zarbani Shmeyxel qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu g'alabadan keyin "Lester" o'z ochkolarini 27taga etkazib, "Tottenxem"ni quvib o'tgan holda 2-o'ringa ko'tarilib oldi. "Shporlar" esa ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan 4-pog'onaga tushib qoldi.
Angliya premer-ligasi, 14-tur
Tottenxem – Lester 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Vardi, 0:2 – 59, avtogol Alderveyreld.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore (Uinks, 64), Dayer, Lo Chelso (Lukas Moura, 49), Sissoko, Xeyberg, Ndombele (Beyl, 46), Son Xiin Min, Keyn.
Lester – Shmeyxel, Jastin, Evans, Fofana, Kastan (Amarti, 60), Meddison, Tilemans, Ndidi, Barns (Prat, 84), Olbrayton, Vardi (Ixeanacho, 88).
Ogohlantirishlar: Olbrayton (32), Ndidi (72), Dayer (79), Uinks (81).

Bosh sahifaga
256