"MYu": "Og'riq bilan o'ynayotganimni tan olaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Viktor Lindelyof jarohat bilan o'ynayotganini tan oldi.
- Jamoamning sovrinlarni qo'lga kiritishiga o'z hissamni qo'shmoqchiman, shuning uchun futbol o'ynayapman. Agar men jamoaga kerak bo'lsam, hatto og'riqni his qilayotgan paytimda ham maksimal o'yin namoyish etishga harakat qilaman. Sog'ligimda muammolar bor va hozirgacha shu og'riqlarni his qilyapman. Har kuni kasalliklarimni engishga harakat qilaman, lekin taqvim juda tig'iz. O'ynash bilan bir qatorda tiklanish jarayonini ham nazorat qilyapman, — dedi Lindelyof Goal portaliga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306