«Roma» futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Rimliklar yarimhimoyachisi Lorentsso Pellegrini bugun bo'lib o'tadigan «Atalanta»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lmoqda. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar beradi.
Futbolchi avvalroq to'pig'idan olgan jarohatini yana qaytalab olgan va jamoaning kecha o'tkazgan so'nggi mashg'ulot yig'inida ishtirok eta olmadi.
Pellegrini «Roma»ning so'nggi ikki o'yinida asosiy vazifalardan birini bajargan edi. U «Torino» va «Bolonya» jamoalariga qarshi bahslarda 2 gol va 1 assistni qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, klubning bundan tashqari lazaretdagi o'yinchilari qatoridan Zaniolo va Pastorelar ham o'rin olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405