APL. Narxi eng ko'p pasaygan futbolchilar reytingi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Taniqli Transfermarkt portali Angliya premer-ligasida o'ynayotgan futbolchilar orasida narxi so'nggi bir oy ichida eng ko'p pasaygan o'yinchilar reytingini e'lon qildi.
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling narxi eng ko'p tushgan o'yinchiga aylandi. Angliyalik forvardning narxi 18 million evroga pasaydi va hozirda 110 mln.ga teng bo'ldi.
Undan keyingi pog'onani "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba egalladi. Frantsiyalik futbolchining narxi 15 mln. evroga tushdi hamda uning transferi 65 mln. evroga baholandi.
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dela Alli esa bu ko'rsatkich bo'yicha kuchli uchlikka kirdi. Mourino boshqaruvida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchining narxi 14 million evroga pasaydi.
Shuningdek, mazkur reytingning top-10ligiga APLning taniqli o'yinchilari kirishdi.
APL. Narxi eng ko'p pasaygan futbolchilar reytingi: 

Bosh sahifaga
404