«Arsenal» qirq beshyillik antirekordni yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Londonning «Arsenal» klubi Premer-liganing 14-turi doirasida «Everton»ga qarshi bahs olib bordi va mag'lubiyatga uchradi (1:2).
Bu bilan «kononirlar» ketma-ket to'rtta uchrashuvdan beri ochko yo'qotishmoqda. Ushbu mag'lubiyatdan keyin ularning ochkolari soni 14 taligicha qoldi va klub 74-75 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasini qayd etdi. O'shanda «to'pchilar» Rojdestvogacha 12 ochko to'plab, atigi 3 o'yinda g'alaba qozonishgan edi xolos.
Eslatib o'tamiz, ayni damda «Arsenal» turnir jadvalida 14 ochko to'plagan holda 15-o'rinda borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289