Pele Messini tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Futbol afsonasi Pele «Barselona» etakchisi Leo Messini kechagi rekord golidan so'ng tabrikladi.
Kecha La Liga 13-turi doirasida «Barselona» «Valenciya»bilan durang o'ynaganidan xabaribgiz bor (2:2). Uchrashuvdagi gollardan biriga argentinalik futbolchi mualliflik qildi va bitta klubdagi gollari sonini 643 taga etkazib oldi. Bu bilan u Pele o'rnatgan rekordni takrorlashga muvaffaq bo'ldi. Braziliyalik afsona esa o'z Instagramida tabrik posti qoldirdi.
«Men sening hozirgi emotsiyalaringni juda yaxshi tushunib turibman, Leo. Bitta klub safida bitta futbolkada o'ynash, buning ustiga rekordlar uchun yuraging toshib ketayotgan bo'lsa ko'zingga hech nima ko'rinmaydi. Bunda seni yo'lingga hech kim g'ov bo'la olmaydi. Tarixiy rekord bilan, Leo! avvalo katta karerang bilan tabriklayman. Bizni futbol olami hali beri unutmaydi», - deydi Pele.
Eslatib o'tamiz, Messi shuningdek, kecha La Ligadagi yubiley 450-golini ham kiritdi.

Bosh sahifaga
290