La liga. «Atletiko» g'alaba qozondi, Suares dublga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida «Atletiko» o'z maydonida «Elche»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 41-daqiqasida Suares hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymning 58-daqiqasida Luisning o'zi hisobdagi farqni oshirdi.
Oradan ko'p o'tmasdan "Elche" futbolchisi Boye jamoasining birinchi javob to'pini kiritdi. Bahs tugashiga 10 daqiqa qolganida esa mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uzoq tanaffusdan keyin safga qaytgan Diego Kosta undan samarali foydalanib, uchrashuv taqdirini hal qildi.
Ushbu g'alabadan keyin "Atletiko" o'z ochkolarini 29taga etkazib, peshqadamga aylandi.
Ispaniya La ligasi, 14-tur
Atletiko – Elche 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 41 Suares, 2:0 – 58 Suares, 2:1 – 64 Boye, 3:1 – 80, penalti Diego Kosta.
Atletiko – Oblak, Ermoso, Savich, Tripper, Lodi, Koke (Felipe, 87), Karrasko (Saul, 66), Lorente, Lemar (Korrea, 66), Joau Feliks (Diego Kosta, 73), Suares (Kondogbia, 74).
Elche – Badiya, Verdu, Xosema, Barragan, Donald (Sanches Mino, 46), Xosan (Rigoni, 46), Guti (Nino, 81), Fidel, Markone, Morente, Boye.
Ogohlantirishlar: Verdu (14), Ermoso (40), Markone (79).

Bosh sahifaga
249