A Ceriya klubida yana koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

Italiya A Seriyasi klubi «Kalyari»ning 3 futbolchisida koronavirus infektsiyasi aniqlandi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Unga ko'ra himoyachi Ranyar Klavan hamda ikki darvozabon Simone Aresti hamda Nikolo Kabraslardan virus aniqlangan bo'lib, ularning barchasi shaxsiy izolyatsiyasiga olindi. Endi ular ertangi «Udineze»ga qarshi bahsda ishtirok eta olishmaydi.
Ma'lumot uchun bundan avval jamoaning bir nechta a'zolari jumladan, Diego Godin, Natan Nandes hamada Jovani Simeonelarda kasallik aniqlangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
446