"Arsenal" sobiq futbolchisi Artetani tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Frantsiya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" sobiq himoyachisi Vilyam Gallas "to'pchilar"ning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Artetaning klubga darajasi to'g'ri kelmasligi haqida fikr bildirdi.
"Muammo bosh murabbiyda deb o'ylayman. Arteta "Arsenal"ga kerakli mutaxassis emas. U bunday katta klubni boshqarish uchun kerakli tajribaga ega emas.
Men uning "Manchester Siti"da Pep Gvardiolaga yordamchi etib tayinlanganida hayron bo'lgandim. "Arsenal"da ishlash uchun katta tajriba kerak", - deydi frantsuz.
"Arsenal" 13 turdan so'ng 14 ochko jamg'argan holda jadvalda 15-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259