Ibrahimovich yana jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoaning juma kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotida jarohat oldi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatdi.
Shvetsiyalik futbolchi yakshanba kuniga belgilangan «Sassuolo»ga qarshi o'yinda ishtirok etmoqchi edi. Ammo 39 yoshli futbolchi tibbiy tekshiruvdan o'tgach uning mushagidagi eski jarohati qaytalangani ma'lum bo'ldi. Shu bois, Zlatan kamida ikki haftaga safdan chiqdi.
Ibrahimovich joriy mavsumda «Milan» safida barcha musobaqalar doirasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251