"Bayer"ga "Manchester Yunayted" himoyachisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Germaniyaning "Bayer" klubi "Manchester Yunayted"ning chap qanot himoyachisi Brendon Uilyamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar berdi.
Oldinroq "MYu" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 20 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida ijaraga berilishini istisno qilmagandi. Leverkuzen klubi futbolchini sotib olishga da'vogarlardan biri hisoblanmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda futbolchi "MYu"ning beshta o'yinida maydonga tushib bitta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236