UEFA "Qorabog'"ga texnik mag'lubiyat yozdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Ozarbayjonning «Qorabog'» klubi Ispaniyaning «Vilyarreal» klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgani uchun, UEFA ozarbayjonliklarga texnik mag'lubiyat yozdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
UEFAning qaroriga "Qorabog'" jamoada yuqtirilgan koronavirus aniqlanganligi sababli, Evropa Ligasi guruh bosqichining oltinchi tur o'yiniga bora olmaganligi sabab bo'lgan.
Natijada "Qoraboq" atigi bitta ochko to'plab, guruhda so'nggi o'rinni egalladi. "Vilyarreal" so'nggi turda pley-offga chiqishni ta'minladi - 5 o'yindan so'ng ispanlar o'n uch ochkoni qo'lga kiritishdi va jadvalda birinchi o'rinni egallashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239