Kokorin "Spartak" talablarini bajarmay, Maldiv orollarida hordiq chiqarish uchun chipta xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Mavsumning birinchi yarmini maydon tashqarisida o'tkazgan Moskvaning «Spartak» klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin bu yil aytarli ko'p maydonga tushmadi. Hujumchi «qizil-oqlar»ning aksariyat o'yinlarini jarohat sababli o'tkazib yubordi.
Biroz avval, «Spartak» klubi dam olish kunlarida Kokorina uchun tiklanish jarayonida foydalanish uchun mashg'ulotlar tayinlagandi. Biroq, futbolchi klubning bu talabini rad etdi va Maldiv orollarida hordiq chiqarish uchun chipta sotib olgani haqida rossiyalik hamkasblarimiz xabar berishmoqda.
«Spartak» tarkibida 10 o'yin o'tkazgan Aleksandr Kokorin o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi va yana shuncha golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265