Kandreva Raneridan kechirim so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Italiyaning «Sampdoriya» klubi yarim himoyachisi Antonio Kandreva yaqinda jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri bilan tortishib qolgani uchun jamoaning mashg'ulotlaridan chetlatilgandi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Tuttomercatoweb nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda esa, Kandreva o'z jamoadoshlari bilan Raneriga uzun xabar yuborgan va unda kechirim so'ragan. Endi futbolchi jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytishi mumkin, biroq, uning kelajagi hozircha noma'lum bo'lib turibdi. Barcha masalaga Kandreva va Raneri o'rtasidagi uchrashuv oydinlik kiritadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229