Gvardiola Kevin etarlicha dam olishga ulgurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin de Bryuynega Rojdestvo bayrami arafasida dam olish uchun imkoniyat berish niyatida emas. «Shaharliklar»ni oldida 15 kun mobaynida beshta muhim o'yinlar kutib turibdi.
«De Bryuyne biz uchun juda muhim. U EChL doirasida va boshqa uchrashuvlar oldidan etarlicha dam oldi. So'nggi haftalarda Kevin faqat Premer-liga o'yinlarida maydonga tushdi, xolos. Hozir u bizga kerak», - dedi Gvardiola.
«Manchester Siti» ayni paytda turnir peshqadami «Liverpul»dan 8 ochko ortda qolmoqda va bitta o'yin kam o'tkazishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239