«Napoli» jarohatdagi futbolchilari haqida to'liq bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Neapolliklarning shifokorlar shtabi jamoaning jarohatdagi futbolchilari haqida so'nggi ma'lumotlarni berdi.
Unga ko'ra, nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhem ancha oldin elka qismidan olgan jarohidan forig' bo'lib, hozirda engil terapiya kurslarini o'tamoqda. U 3 yanvarda «Napoli»ning «Kalyari»ga qarshi o'yinida maydonga tushishi mumkin.
Jamoaning belgiyalik futbolchisi Dris Mertens esa to'pig'idan olgan jiddiy jarohati sabab hozirda Antverpenda davolanmoqda. Italiyaga esa qachon etib kelishi noma'lum. Lekin "Calciomercato" xabariga ko'ra u 20 yanvar kuni «Yuventus»ga qarshi o'tadigan superkubok o'yinida maydonga tushishi kutilyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415