"Roma" ukrainalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

A Bola portali tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Rimning "Roma" klubi Belgiyaning "Gent" hujumchisi Roman Yaremchuk bilan shartnoma imzolamoqchi.
Manbaning yozishicha, rimliklar ushbu transferni yanvar oyida amalga oshirishmoqchi. Chunki, jamoa bosh murabbiyi Paulu Fonseka hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Shuningdek, Roman Yaremchukka Portugaliyaning "Sporting" va Turkiyaning "Fenerbaxche" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Ukrainalik futbolchi joriy mavsum "Gent" tarkibida 11 ta gol urishga erishdi va klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatidan joy oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242