"Ayaks" ustozi: "Biz uchun Promes aybdor emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yarim himoyachisi Kvinsi Promesni qo'llab quvvatladi. Promes insonga jiddiy shikast etkazganlikda gumon qilinmoqda.
- Biz uchun u aybdor emas, uning aybi hali isbotlanmagan. Nima bo'lganligi bizga ta'sir ko'rsatadi: menga, uning jamoadoshlariga. U aybdor emasligini tasdiqlamoqda. Biz uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz Promesga yordam beramiz, lekin u o'ziga o'zi ham yordam berishi kerak. Uni "Ayaks" futbolchisi ekanligini unutmaslik kerak, — ten Xagning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda De Telegraaf.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186