"Arsenal" tunislik futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Londonning «Arsenal» klubi yaqin vaqtlar ichida Germaniyaning «Gerta» himoyachisi Omar Rekik bilan shartnoma imzolaydi deya xabar tarqatmoqda Angliya matbuoti.
Bundan tashqari, futbolchining o'zi yaqin kunlar ichida londonliklar safiga ko'chib o'tishini sha'ma qildi. Rekik Londonda tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Transfermarkt portali 18 yoshli tunislik futbolchining transfer narxini 350 ming evro atrofida baholamoqda. Katta ehtimol bilan futbolchi «Arsenal» bilan shartnoma imzolagach, «Gerta» klubiga ijaraga berib yuboriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
608