Mixitaryan: «Bu - g'alati mavsum»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Rimliklar futbolchisi Genrix Mixitaryan «Torino»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Gol urganimdan xursandman. Lekin o'yin oxirlari juda shiddatli tus olganidan dastlab g'alabani ushlab qolishimizga ishonmagandim. Turin jamoalari bilan baslar doimo mana shunday og'ir kechgan.
Bu - g'alati mavsum. Ba'zida durang o'ynayapmiz, ba'zida kutilmagan mag'lubiyatlar ham uchrab turibdi. Men amaldagi chempionning buncha ko'p ochko yo'qotishini kutmagandim. "Skudetto" uchun kurashda o'zaro o'yinlar endi muhim ahamiyat kasb etadi», - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Mixitaryan barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib 8+7 natijani qayd etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236