«Manchester Yunayted» Angliya chempionatida safarda 10ta g'alabaga erishgan 4-jamoa bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

17 dekabr kuni Angliya premer-ligasining 13-turidan o'rin olgan «Sheffild Yunayted» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bahs mankunianliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ule Gunnar Sulsher jamoasi uchun bu APL doirasida safardagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan ketma-ket o'ninchi g'alaba bo'ldi (o'tgan mavsumni ham hisobga olganda). «MYu» Angliya chempionatining yuqori divizionida bunday natija qayd etgan to'rtinchi jamoa bo'ldi.
Avvalroq «Tottenxem» (10ta g'alaba, 1960 yil), «Chelsi» (11 g'alaba, 2008 yil) va «Manchester Siti» (11 g'alaba, 2017 yil) klublari shunday natija qayd etishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249