2020 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: «Hayratdaman!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Angliyaning «Manchester Siti» ayollar jamoasi va Angliya ayollar terma jamoasi himoyachisi Lyusiya Bronts FIFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sovrinini qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.
— Ushbu sovrindan hayratga tushdim. Bu sovrinni qo'lga kiritish uchun ko'plab futbolchilar boridi, ularning orasida ekanligimdan xursandman. Hozir qanday hayajonlanayotganimni ifodalab bera olmayman. 2020 yilga har bir lahza uchun, hozir shu erda turganim uchun va ushbu sovrin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ushbu kunlarni uzoq muddat eslab yuraman. Hozir uyga qayta olmayman, lekin barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu yil nimasi bilan xotiramda qoldi? EChLdagi bosh sovrin. Bu xuddi Jahon chempionatiga o'xshaydi. Bu bosqichlardan o'tasan, yarim finallar va yakunda g'alaba qozonasan. Tribunalarda muxlislarning yo'qligi qattiq ranjitmoqda. Ular bizning g'alabalarimizni ko'rishlari kerak edi. G'alaba qozonganimiz va sovrinni qo'lga kiritganimiz uchun jamoadoshlarimga alohida rahmat aytaman. Bu mening ketma-ket uchinchi shaxsiy, jamoaviy esa beshinchi sovrinim. Ajoyib his-tuyg'ular, — dedi Bronts.

Bosh sahifaga
432