Soboslai "Leyptsig"dagi dastlabki fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Zaltsburg»dan «RB Leyptsig» klubiga o'tgani munosabati bilan o'z fikrlarini bildirdi.
«Leyptsig»ga o'tishim amalga oshganidan xursandman. Klub ko'p muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi, Bundesliganing eng yaxshi jamoalaridan biri sanaladi, shuningdek, EChLda sensatsion yurishini davom ettirishmoqda. «Leyptsig»ga o'tishim mening o'sishim uchun ajoyib imkoniyat, chunki men top-murabbiyning qo'l ostiga keldim va jamoaning o'z oldida ajoyib maqsadlari bor. Jamoa juda yosh, ammo etarlicha tajriba to'pladi va bir qator sovrinlarni nishonlashga ham ulgurdi. Bu erda yanada o'sishim mumkin va albatta men jamoaning 2021 yilda qo'lga kiritadigan yutuqlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman», - futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Bosh sahifaga
181