Milik qishda «Yuventus»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

"Yuventus" klubi "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikka qiziqish bildirmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko'ra, "Yuve" polshalik futbolchini qishda ko'lga kiritmoqchi. Turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo tarkibda rotatsiya qilish uchun yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Napoli" esa Milikni 15-18 million evroga baholamoqda. Uning neapolliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Shuningdek, Arkadiushga "Atletiko" tomonidan ham qiziqishlar bor.
26 yoshli Milik joriy mavsumda "Napoli" safida birorta o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178