"MYu" darvozaboni yanvarda La Ligaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

The Athletic nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "MYu"ning 33 yoshli darvozaboni Serxio Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Ayni paytda u Ispaniya klublarining biri bilan muzokara olib bormoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakun topadigan bo'lsa, argentinalik darvozabon "MYu" bilan shartnomasi yakuniga etgunichaga Ispaniya klubi safida ijara asosida o'ynab turadi.
Argentinalik darvozabonga AQShning «Inter Mayami» klubi qiziqish bildirgandi, biroq, amerikaliklar Romeroni «MYu»dagi maoshini (Romero haftasida 100 ming funt maosh oladi - tahririyat) to'lab bera olmasliklarini bildirdi.
Romero «Manchester Yunayted»ning APL va EChLdagi ro'yxatiga kiritilmagan, biroq asosiy tarkib bilan mashg'ulot olib bormoqda va o'zining yaxshi sport formasiga kirib olgan.
Yozgi transfer bozorida Romero «Everton»ga ijara asosida ko'chib o'tishga yaqin turgandi, lekin «MYu» raqibning kuchayishini xohlamaganligi sababli, bu taklifga rad javob bergandi.

Bosh sahifaga
181