Arteta: "Obameyangga nisbatan bosimlar kamayishiga aminman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 13-tur doirasida «Sautgempton» klubiga qarshi o'yinda gol kiritgan Per-Emerik Obameyang haqida fikr bildirdi.
Bu gabonlik hujumchining APLdagi so'nggi oltita uchrashuvdagi ilk goli hisoblanadi.
«Umid qilamanki, bu gol uning ochilishiga yordam beradi, chunki, unga bunday vaziyat juda zarur. Endi barchasi tubdan o'zgarishiga va u har bir o'yinda gol kiritishiga umid qilamiz.
Ayni paytda bizga bu juda zarur. Biz tez-tez gol kiritishimiz kerak. Shunday ekan, bu gol unga ilhom beradi. Aminmanki, unga nisbatan bosimlar kamayada», – dedi Arteta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170