"Bavariya" rahbari Mbappeni sotib olish imkoniyati haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
«Menga Mbappening ko'rsatayotgan o'yini yoqadi, lekin biz bunday transferni amalga oshira olmaymiz. Iqtisodiy tarafdan olib qaraganda, shunday. «PSJ» prezidenti Nosi Al-Xelayfi mening yaqin do'stim. Menga ishonishingiz mumkin, bu transfer borasida men uni bezovta qilmayman», - dedi Rummenigge Le Figaro bilan intervyuda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170