«Yuventus» Alexandro Gomesga qiziqmoqdami?! Paratichi javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bugun «Atalanta» futbolchisi Alexandro Gomesning «zebralar» safiga borib qo'shilishi mumkinligi to'g'risida turli xil mish-mishlar tarqaldi.
Ushbu holatga Gomesning uchrashuv boshlanishidan oldin mezbon klub madhiyasini beixtiyor kuylab yuborgani sabab bo'ldi. Bunga «Yuventus» sport direktori izoh berdi:
«Gomesning talantiga shubha qilmayman. Biroq u hozir "Atalanta" o'yinchisi va biz u bilan hech qanday muzokaralar olib bormaganmiz», - deydi Fabio Paratichi.
Eslatib o'tamiz, «Atalanta»ning yana bir o'yinchisi Luis Muriel o'z jamoadoshi haqida yuqoridagi hazilni keltirgan edi. Uuchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan o'z nihoyasiga etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197