O'runovning jamoasi Yangi yil bayramigacha bosh murabbiysiz qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 263

Moskvaning «Spartak» klubi rahbariyati yaqin soatlar ichida jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan hamkorlikni to'xtatish variantini ko'rib chiqishmoqchi. Avvalroq, germaniyalik mutaxassis klub bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qilgan edi.
«Sport-ekspress» nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, germaniyalik mutaxassis «qizil-oqlar» safini Yangi yil bayramigacha tark etishi mumkin. Klub va bosh murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnoma 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
Tedesko qo'l ostida "Spartak" 35 ochko jamg'ardi va turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida borishmoqda. "Spartak" birinchi o'rinda borayotgan "Zenit"dan olti ochko ortda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199