"Liverpul" Veynaldumning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Angliyaning «Liverpul» klubi boshqa jamoaga o'tishi kutilayotgan Jordjino Veynaldumning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.
Angliya matbuotining yozishiga qaraganda, "qizillar" Frantsiyaning "Lill" klubida o'ynayotgan Renatu Sansheshni o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Renatu Frantsiya chempionatida joriy mavsum 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, «Liverpul» Sansheshga da'vogarlik qilayotgan yagona APL klubi emas. Portugaliya futbolchining xizmatiga «Vulverxempton» ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199