Forbes 2020 yilda eng ko'p daromad ishlab topganlar ro'yxatini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Forbes jurnali 2020 yilda eng ko'p maosh ishlab topadigan taniqli shaxslarning ro'yxatini e'lon qildi.
"Kuchli beshlik"dan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messilar joy oldi. Portugaliyalik futbolchi 2020 yilda 105 million dollar ishlab topgan bo'lsa, argentinalik futbolchi 104 million dollar jamg'ardi.
Ulardan yuqori o'rinlarni esa model Kayli Djenner (590 mln $), reper Kane Uest (170 mln$) va tennischi Rodjer Federer (106,3 mln$)lar egalladi.
Qayd etish kerakki, ushbu ro'yxatning "kuchli o'ntaligidan" "PSJ" hujumchisi Neymar ham joy oldi. Braziliyalik futbolchi ortda qolayotgan yilda 95,5 million dollar miqdorida mablag' ishlab topib, 7-o'rinni band etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199