Gattuzo: «Afsuski, bu faqat Italiyada bo'ladigan jarayon»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287

Neapolliklar ustozi Jennaro Gattuzo «Inter»ga qarshi muhim bahsda shogirdining maydondan chetlatilganidan norozi. U bunda hakamlarni ayblamoqda.
«Mening penalti borasidagi qarorga umuman e'tirozim yo'q. Faqatgina bu erda qizil kartochkani keyinchalik jiddiy tahlil qilib chiqishlarini so'rardim. Eng muhim pallada jamoa sardorini maydondan chetlatish adolatsiz qaror.
Hakam bilan o'shandan 2 daqiqa oldin men ham gaplashgan edim. U g'azabda edi. Futbolchilarning har bir e'tiroziga referilar keskin reaktsiya bildirishi o'yinni buzib qo'yadi. Afsuski, bu faqat Italiyada bo'ladigan jarayon. Angliya va Shotlandiyada hakamlar futbolchilarning e'tirozlarini eshitmaganga olishadi va o'yinga ta'sir o'tkazishmaydi. U Insineni kechirishi kerak edi», - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, bahsning 71-daqiqasida belgilangan penaltiga e'tirozi sabab Insinega qizil kartochka ko'rsatilgan edi.

Bosh sahifaga
415