Grizmann «Real Sosedad» bilan o'yinda bo'sh darvozaga gol ura olmadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann La liganing 19-turi doirasida bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi bahsda golga tortadigan yaqqol imkoniyatdan foydalana olmadi.
Albaning uzatmasidan keyin frantsiyalik futbolchi bo'sh darvozasi qarshisida yolg'iz qoldi va darvozaga aniq zarba bera olmadi. Uning muvaffaqiyatsiz zarbasidan so'ng to'pni "Sosedad" darvozaboni egallab oldi.
Grizmann ikkinchi taym o'rtalarida o'z o'rnini Trinkauga bo'shatib berdi.
Ma'lumot o'rnida. 29 yoshli futbolchi "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, ularda 5ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216