«Milan» A seriya rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

«Milan» Italiya chempionatining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan «Jenoa»ga qarshi o'yinda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
«Rossoneri» A seriya bahslarida ketma-ket 14ta uchrashuvdan beri kamida 2tadan gol urib kelmoqda. Milanliklar bundan 72 yil avval o'rnatilgan rekordni yangilashdi. «Torino» 1948 yilda ketma-ket 13ta bahsda ikki yoki undan ortiq gol urgan edi.
«Milan» Italiya chempionatining joriy mavsumida «Inter»ni bir ochko ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220