Ronald Kuman: «Haqli ravishda g'alaba qozondik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

«Barselona» bosh murabbiyi murabbiyi Ronald Kuman "Real Sosedad"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikrini aytdi.
«Bu juda muhim g'alaba, biz bunga loyiqmiz. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi qiyinroq kechdi, raqiblar ko'proq imkoniyatlar yaratishdi. Biz birinchi o'rindagi ajoyib jamoaga qarshi o'ynadik. Ammo birinchi bo'lim ajoyib tarzda o'tdi, ko'proq gol urishimiz kerak edi.
Ochiq o'yin bo'ldi, "Sosedad" yaxshi o'ynashni biladi. Ammo «Barselona» haqli ravishda g'alaba qozondi. Mehmonlarning birinchi golidan keyin javob to'pini kiritish juda muhim edi, chunki biz hisobda ortda qolishga loyiq emasdik.
Oldinda hali ko'plab o'yinlar bor, hamma narsa bo'lishi mumkin va ko'p narsa o'zimizga bog'liq", — dedi Kuman.

Bosh sahifaga
215