Chalxonoglu «Milan»da qoladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

«Rossonerilar» a'zosi Xoqon Chalxonugluning jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Bugun uning agenti Gordon Stipich San-Siroga etib kelgan va rahbariyat bilan uzoq soatli muzokaralar olib borildi.
Rahbariyat futbolchi uchun 3,5 millionlik 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Uning hozirgi maoshi esa 2,5 million. Agar u bunga rozi bo'lmasa yanvardan boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo'ladi. Chunki Xoqonning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282