France Football nashri futbol tarixining eng yaxshi hakamini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Frantsiyaning France Football nashri italiyalik sobiq hakam - Perluidji Kollinani futbol tarixidagi eng yaxshi hakam deb topdi, deya xabar bermoqda Football Italia.
Taniqli hakam ketma-ket olti marta (1998 yildan 2003 yilgacha) amaldagi hakamlar orasida eng yaxshisi deb topilgan. Italiyalik hakam 1988 yildan 2005 yilgacha faoliyat olib bordi. Ayni paytda u UEFA hakamlar qo'mitasini boshqarmoqda.
Kollinadan tashqari ushbu ro'yxatdan Ken Aston (Angliya), Mishel Votro (Frantsiya), Markus Merk (Germaniya), Charlz Korver (Niderlandii), Mayk Din (Angliya), Ian Fut (Shotlandiya), Ali Bin Nasser (Tunis), Stefani Frappar (Frantsiya) va Govard Uebb (Angliya)lar joy olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271