Kanteni kimning o'yinlari ilhomlantirgan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157
Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi N’Golo Kante bolaligida kimning o'yinidan ilhomlanganini aytib berdi.
«Men Ronaldoning o'yinlaridan ilhomlanganman. Uning o'yinlarini disk orqali tomosha qilardim. Keyin «Yutub» paydo bo'lgach, uning videolarini internet orqali tomosha qilishni boshladim. U menga xuddi Maradona singari yoqadi.
Do'stlarim bilan Ronaldu va Ronaldinolarning o'yinlarini tomosha qilardik va ularning harakatlarini maydonda takrorlab ko'rishga harakat qilardik. Albatta, ularning maydonda amalga oshirgan ishlari barcha muxlislar singari menga ham yoqardi. Ular ijodkor edi, ko'p gollar urishardi, men esa unday emasman», - frantsiyalik yarim himoyachining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Star.