"Shaxtyor" futbolchisiga APL klublari qiziqish bildirishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
Donetskning «Shaxtyor» klubi hujumkor yarim himoyachisi Manor Solomon faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi haqida Online Gooner xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, Solomonni o'z safida ko'rish uchun «Arsenal» va «Lids Yunayted» klublari xohlashmoqda.
Qayd etish kerakki, avvalroq isroillik futbolchini Italiyaning «Atalanta» klubi ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishgandi, biroq, «konchilar» rahbariyati Solomonni A Seriyaga sotishdan bosh tortishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!