Mourino Son faoliyatini "Tottenxem"da yakunlashiga sha'ma qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Son Xyon Min bilan shartnoma uzaytirilishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Qanday qilib yangi futbolchi bilan shartnoma tuzish mumkin? Keyingi mavsumda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Ayni paytda biz futbolchiga hozirgidan qulayroq shartnoma taklif qila olamizmi yoki yo'qmi, hech bilan tushunmaydi. Hozir g'alati payt. Men shunchaki Son va Leviga ishonaman. Ularning ikkalasi ham Sonni jamoada qolishini xohlashayotganiga ishonaman. Ehtimol, Son faoliyatini "Tottenxem" yakunlashni orzu qilar.
Men Sonni jamoa bilan yangi shartnoma imzolashini kutyapman, lekin buni tezroq amalga oshirish kerak deb talab qilmayman, chunki hozir to'g'ri payt bo'lmasligi mumkin», - dedi Mourino Goal portaliga.
28 yoshli janubiy koreyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
300