Bundesliga. «Dortmund» Favr iste'fosidan keyingi ilk o'yinda g'alaba qozondi, «Myonxengladbax» esa so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Germaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar 15 dekabr, seshanba kuni bo'lib o'tdi.
«Borussiya D» safarda «Verder»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Rafael Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 28-daqiqada Kevin Mevald hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada Marko Roys penaltini ijro etdi, biroq uning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Qaytgan to'pga Roys aniq zarba berib, jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa, «Borussiya D» Lyusen Favr iste'fosidan keyingi ilk o'yinni g'alaba bilan tugatdi. Jamoa 22 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarildi.
Myunxengladbaxning «Borussiya»si «Ayntraxt» maydoniga safar qildi. Avvaliga Lars Shtindl mehmonlarning dastlabki golini urdi. Bunga frankfurtliklar birinchi bo'limning o'zija Andre Gomeshning dubli va Aymen Barkokning goli bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida «Borussiya M» raqibga yana ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shtindlning 90 va 90+5-daqiqadagi gollari maydon egalariga bir ochkoni taqdim etdi.
Bundesliga, 12-tur
15 dekabr, seshanba
«Verder» — «Borussiya D» 1:2
Gollar: 0:1 – 12 Gerreyru, 1:1 – 28 Mevald, 1:2 – 78 Roys.
«Verder»: Pavlenka, Gebre Selassie, Toprak (Agu, 86), Gross, Fridl, Augustinsson, Mevald (Voltemade, 66), Eggeshtayn, Mbom (Shmid, 87), Osako (Erras, 73), Sarjent (Bitenkur, 66).
«Borussiya D»: Byurki, Morey (Pishchek, 85), Hummels (Zagadu, 85), Akanji, Gerreyru, Vittsel, Sancho, Reyna, Bellinghem (Brandt, 73), Roys, Mukoko (Jan, 80).
Ogohlantirishlar: Roys (35), Gross (54), Vittsel (59), Voltemade (87), Shmid (90).
«Ayntraxt» — «Borussiya M» 3:3
Gollar: 0:1 – 14 Shtindl, 1:1 – 21, penalti Andre Silva, 2:1 – 24 Andre Silva, 3:1 – 32 Barkok, 3:2 – 90, penalti Shtindl, 3:3 – 90+5 Shtindl.
«Shtutgart» — «Union» Berlin 2:2
Gollar: 0:1 – 4 Fridrix, 0:2 – 77 Avoniyi, 1:2 – 85 Kalayjich, 2:2 – 90 Kalaydjich.
«Gerta» — «Maynts» 0:0

Bosh sahifaga
178