Veri: "Agar Lukaku "Bavariya"da o'ynagani Levandovskining samaradoligini takrorlay olardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Italiyalik taniqli sobiq hujumchi Kristian Veri «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski bilan "Inter" forvardi Romelu Lukakularni solishtirdi.
«Agar Romelu «Bavariya» safida o'ynaganida, Levandovskining samaradorligini takrorlay olgan bo'lardi. Robert esa «Inter» safida o'ynab, hozirgichalik gol ura olmagan bo'lardi.
Fikrimcha, Romelu Garri Keyndan ilhomlanmoqda. Lukaku - Teves va Aguerolarning aralashmasi», - Verining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football-Italia.
Joriy mavsumda 27 yoshli belgiyalik hujumchi A Seriyada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335