Deyan Stankovich: "Milan"? Hech kimdan qo'rqmaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417

Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" klubi bosh murabbiyi Deyan Stankovich Evropa Ligasining 1/16 final bosqichi uchun bo'lib o'tgan qur'a natijasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kecha "Milan" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qildim. "Parma" fenomenal darajada o'yin ko'rsatdi, lekin "Milan" ham bo'sh kelmadi. Ular A Seriyada karvonboshilik qilmoqda, ularning an'analari va Evropa futboli uchun ahamiyati haqida gapirish esa mantiqsiz. Ular so'nggi ikki yil davomida qayta tiklanishdi, aftidan ular hozir to'hri muvozanatni topgandek. Hech kimdan qo'rqmasligimni aytganman, lekin hammani hurmat qilishimiz kerak" - dedi Stankovich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210