"Atalanta" - Italiyaning 2020 yildagi eng yaxshi jamoasi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

La Gazzetta dello Sport nashrining tasnifiga ko'ra, "Atalanta" Italiyaning 2020 yildagi eng yaxshi jamoasi deb topildi. So'rovnoma nashrning rasmiy saytida o'tkazildi.
"Atalanta" 2020 yilda barcha musobaqalarda 41 ta o'yin o'tkazdi va 24 ta o'yinda g'alaba qozonib, 9 marotaba durang natijasini qayd etdi va 8 o'yinda mag'lubiyatga uchradi.
2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Atalanta" turnir jadvalining 3-pog'onasini band etdi va Evropa Chempionlari Ligasining chorak finaligacha etib keldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225