Myuller: "Latsio" hujumda muammo tug'diradigan jamoa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller EChLning 1/8 final bosqichi uchun bo'lib o'tgan qur'a haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Myunxenliklar ushbu bosqichda "Latsio" bilan o'ynaydi.
- "Latsio" guruhda "Borussiya" (Dortmund) bilan o'ynadi, shu sababli ularning o'yinlarini tomosha qildim. Bu raqib hujumda muammo tug'dirishi mumkin, ayniqsa oldinda Chiro Immobile o'ynasa. Ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak, lekin biz keyingi bosqichga yo'l olish haqida o'ylaymiz. Rim — chiroyli shahar, qolaversa, "Roma"ga qarshi o'yinda biz o'zimizga kerakli bo'lgan tajribani oldik, — dedi Myuller "Bavariya" rasmiy saytiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210