Fergyuson: "Ulening vafoti meni vahimaga soldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Jerar Ulening vafoti haqida munosabat bildirdi.
«Ushbu xabar meni ertalabda vahimaga soldi. Jerar Ule hali yosh edi, u endi 73 yoshni qarshi olgandi.
U «Liverpul»da ishlagan paytida mening do'stimga aylangandi. Ajoyib munosabatga ega edik va u jamoadan ketganidan keyin shunday inson bilan do'stlashganimdan xursand bo'lgandim.
U futbolni juda yaxshi tushunardi va o'zining mana bilimlari tufayli faoliyati mobaynida bir qator sovrinlarni qo'lga kiritdi. UEFA tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlarda uchrashganimizda mamnuniyat bilan suhbatlashardik. Uning yonida bo'lish men uchun yoqimli edi, endi uni sog'inaman. U haqiqiy jentlmen edi.
Bu futbol uchun og'ir kun», – dedi Fergyuson.

Bosh sahifaga
195