Ronaldu: "Bunday ajoyib futbolchilar qatorida ekanligimdan faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Turinning «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football nashrining talqini bo'yicha barcha zamonlarning ramziy terma jamoasidan joy oldi. Shu sababli, portugaliyalik yulduz o'zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasi orqali munosabat bildirdi.
«France Football nashrining barcha zamonlarning ramziy terma jamoasidan joy olish men uchun katta sharaf. Dahshatli "orzular terma jamoasi"… Ularning barchasi mening hurmatim va ehtiromimga loyiqdir. Bunday ajoyib futbolchilar qatorida ekanligimdan faxrlanaman. Rahmat!» - deb post qoldirdi Ronaldu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256