«Nasaf»da OChLda ishtirok etish uchun imkoniyat yuzaga keldi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

Xabaringiz bor, "Nasaf" klubi hujjatlarni o'z vaqtida rasmiylashtirmagani uchun litsenziyalashtirishdan o'ta olmagan edi. Qarshiliklar Superligada 2-o'rinni olgani va O'zbekiston kubogida o'z ishtirokini davom ettirayotganini inobatga olganda "ajdarlar"da Osiyo chempionlar ligasi yoki OFK kubogida ishtirok etish uchun imkoniyat bor edi. Ammo jamoa litsenziyalashtirish talablarini bajarmagani uchun bu huquqdan mahrum bo'lib turgan edi.
Vaziyatni inobatga olgan holda O'zbekiston professional futbol ligasi OFKga murojaat qilib, istisno tariqasida "Nasaf"ga litsenziya talablarini bajarish uchun imkoniyat berishini so'ragan edi.
O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaevning xabar berishicha, OFK "Nasaf" uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tizimini istisno tariqasida ochib berdi. "Nasaf" esa hujjatlarni allaqachon yuklashni boshladi.
"Endi hammasi hujjatlar qanchalik aniqlik bilan tizimga kiritilgani va shuning xulosasi asosida OFK taqdim etadigan javobda qoldi. Kutamiz", — deya ma'lumot berdi D.Imomxo'jaev o'zining telegramdagi kanali orqali.

Bosh sahifaga
256